(+998 71) 255-52-23

Surxondaryo viloyati - O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941 yil 6 martda tashkil etilgan (1925 yil 29 iyundan Surxondaryo okrugi bo'lgan). 1960 yil 25 yanvarda Qashqadaryo viloyati bilan qo'shilgan. 1964 yil 7 fevralda qaytadan tashkil qilindi.

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati - O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941 yil 6 martda tashkil etilgan (1925 yil 29 iyundan Surxondaryo okrugi bo'lgan). 1960 yil 25 yanvarda Qashqadaryo viloyati bilan qo'shilgan. 1964 yil 7 fevralda qaytadan tashkil qilindi. Respublikaning janubiy-sharqida, Surxon-Sherobod vodiysida joylashgan. Janubdan Amudaryo bo'ylab Afg'oniston, shimol, shimol-sharq va sharqdan Tojikiston, janub-g'arbdan Turkmaniston, shimol-g'arbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh.

Hududi 20,1 ming km2. Surxondaryo viloyatining tarkibida viloyatga bo'ysinuvchi 14 tuman (Angor, Boysun, Denov, Jarqo'rg'on, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Sho`rchi, Qiziriq Qumqo'rg'on), 8 ta tumanga bo'ysinuvchi shaharlar (Boysun, Denov, Jarqo'rg'on, Termiz, Sharg'un, Sherobod, Sho'rchi, Qumqurg'on), 7 ta shaharcha (Angor, Do'stlik, Kakaydi, Sariosiyo, Sariq, Elbayon, Hurriyat), 114 qishloq fuqarolar yig'ini, 698 ta mahalla fuqarolar yig'ini va 847 ta qishloq aholi punktlari bor.